Soliq kodeksining 393-moddasiga (https://lex.uz/docs/-4674902#-4687573) asosan 2022-yil davomida:
▫️ mulkiy daromadlar (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);
▫️ ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;
▫️ moddiy naf tarzida (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);
▫️ O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan;
▫️ soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;
▫️ soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari 2023-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.
Soliq kodeksi 385-moddasining (https://lex.uz/docs/-4674902#-4687436) uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar (ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda) ham deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiradi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Izoh qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan