
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Feruz, Sarijar, Marjona, Xulkar, va Gulobod mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

Ma’lumot o’rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Sariosiyo tumani filialiga 109 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 109 ta murojaatdan 52 ta ijobiy hal qilingan, 49 ta huquqiy tushunchalar berilgan,6 ta rad etilgan.

Asosan murojaatlar kadastr hujjatini rasmiylashtirish, mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va yer maydon ajratish masalalarida bo’lgan deydi Axborot xizmati rahbari B.Safarov.
Izoh qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan