“Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan (respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani:
▫️3 qavatli binoga — 0,9;
▫️4 qavatli binoga — 0,8;
▫️5 qavatli binoga — 0,7;
▫️6 qavatli binoga — 0,6;
▫️7 va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi.
❗️Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
📌 mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalar bilan (ofis uchun xonalar va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun, kasbni egallash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalari va h.k.) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan bo‘lsa;
📌 ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bo‘lsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Izoh qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan