Xabaringiz bor kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisining o’rinbosari Ahmadjon Suyunov boshchiligida Boysun tumani Mustaqillik mahallasi Ostona ko’chasi, 2-son ”Kasb-hunar maktabi” davlat muassasasining faollar zalida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda jami 21 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, köchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalarini xususiylashtirish va shunga o’xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.
Tashkil etilgan sayyor qabulda 9 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.

8 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
4 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Izoh qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan