Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan Angor tumanining Novshahar, Kattaqum, Ulug‘bek, hamda Qorasuv mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

Ma’lumot o’rnida, 2023 yilning 9 oy mobaynida Angor tumani filialiga 250 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 253 ta murojaatdan 185 ta ijobiy hal qilingan, 58 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 10 ta rad etilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan