Sogʻliqni saqlash vazirligining xabariga koʻra, ayni paytda kichik yoshdagi bolalarning nafas yoʻllari yuqumli kasalliklariga chalinish koʻrsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan anchagina ortgan.

Ushbu xastalikka chalinganlarning asosiy ulushi Toshkent shahri aholisi hissasiga toʻgʻri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.

“Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi”, – deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan