“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-noyabr kuni “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisining tegishli buyrugʻi bilan Jasur Poʻlatov “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Jasur Poʻlatov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U aviatsiya sohasidagi faoliyatini “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKda havo tashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. U yerda 2019-yilga qadar ishlagan.
Shundan soʻng mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Transport vazirligida davom ettirib, soʻnggi yillarda aeroportlarni rivojlantirish va yerusti taʼminoti boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Poʻlatov shu yildan “Uzbekistan Airports” da boshqaruv raisining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi boʻyicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan. Keyinchalik Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan