Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston hududida kun hisobidan beshinchi zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:38 da (Grinvich bo‘yicha 11:38 da) Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on 3,8 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,78 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi. 

Yer silkinishining chuqurligi 5 km, magnitudasi 3,8 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 428 km janubi-g‘arbda joylashgan. 

Respublika hududia sezilish kuchi:

•  Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida 4 marta yer silkinishi kuzatildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida soat 04:28 da 3,2 balli, 14:08 da 3,5 balli, 14:36 da esa 3,9 balli, 16:28 da 3,3 balli zilzila qayd etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan