Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish boʻyicha yangi tizim joriy etilmoqda. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Bunda har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun agentlik xodimlari ishtirokida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritib boradi.
Har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar Milliy kengash yigʻilishlarida tegishli davlat organi va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan