Soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash

Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.

Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, 1 yildan 3 yilgacha muddatga beriladi.

Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha
▫️mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi,
▫️yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.

Ushbu qoidalar:
▪️penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi;
▪️soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan