Ekologik partiyaning Qumqo’rg’on tumani kengashi raisi o’zgardi

Toshmamatov Faxriddin Abdumannonovich Ekologik partiyaning Qumqo’rg’on tumani kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

Toshmamatov Faxriddin Abdumannonovich 2000-yilda Qumqo’rg’on tumanida tug’ulgan.

2019-2023-yillarda Samarqand Iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar 2020-2024-yillar davomida  Toshkent viloyati “Maks-baxt biznes” MCHJ da hisobchi, Sherobot tumani “Ismadilla faxriysi” MCHJ da ijrochi direktor,  Qumqo’rg’on tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalarida suv resurslaridan foydalanish sho’basi yetakchi mutaxasisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Toshmamatov Faxriddin Abdumannonovichning keyingi mehnat  faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan