Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslarga reyting darajasidan kelib chiqib beriladi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq yuridik shaxslarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar) barqarorlik reytingidagi darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟢 yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🔵 o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %

❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

📌 Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️ pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️ yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq belgilangan miqdorlarda taqdim etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan