Surxondaryoda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir nechta tadbirkorlik subyektlarida bo‘lishdi.


Unda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 23 ta umumiy mezonlar, shuningdek, joylashgan joy o‘zgarishi, tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi. 


Ma’lumot uchun aytish kerakki, reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi;
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3  kunda qaytarib  beriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan