Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida davom etayotgan “Bahorgi tijoratlashtirish forumi”da Oltinsoy innovatsion tumanida ishlab chiqarilgan bazalt minerali asosida yuqori harorat va mexanik ta’sirlarga chidamli polimer kompaundlar, yuqori bo’kuvchan va bioparchalanuvchan gidrogel, odam kasalliklariga qarshi Kaliforniya chuvalchangi zardobidan dori preparatlari, neft-gaz sanoati chiqindisi bo‘lgan oltingugurt asosida avtomobil yo‘llari yo‘l chiziqlari uchun avtomobil yo’l bo’yoqlari, dag‘al junlarni kimyoviy va mexanik qayta ishlash orqali to‘qimachilik sanoati uchun sifatli mayin ip mahsulotlari namoyish etilmoqda.