Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi.
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.
Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi va mazkur daromaddan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinadi.