Termiz tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabi jamoasi va oʻquvchilari 2023-2024 oʻquv yilini zamonaviy qiyofa kasb etgan, barcha shart-sharoitlarga ega yangi maktab binosida qarshi olishdi.


       “Bilimlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Narmanov soʻzga chiqib, ustoz-murabbiylar va oʻquvchilarni navbatdagi oʻquv yilining boshlanishi va yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi bilan qutladi.   


      Taʼkidlanganidek, taʼlim sohasini rivojlantirish va oʻquvchilarning puxta bilim olishlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, eng avvalo istiqlol bergan keng imkoniyatlar samarasi boʻlib, mustaqillikning qadriga yetmoq, ona diyorimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshmoq shu yurtda kamol topayotgan har bir oʻgʻil-qizning ezgu maqsadlari qatoridan joy olishi lozim.


      4-sektor rahbari maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarni ilm-maʼrifat gulshaniga tashrifi bilan qutlab, Prezident sovgʻasini topshirdi. Shuningdek sektor rahbari maktab kutubxonasiga ham badiiy adabiyotlar jamlanmasini tuhfa qildi. 

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan