Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochida Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashuvda unga TASS bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Mixail Gusmanning Turkiya yetakchisining hayoti va siyosiy faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli filmini sovgʻa qildi.
Bu haqda TASS agentligiga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.Gusman iyun oyida “Kuch formulasi” seriyasidagi navbatdagi filmini taqdim etdi.
Taxminan 25 daqiqalik filmda Gusman va Erdoʻgʻanning toʻrtta suhbatidan parchalar (birinchi intervyu Erdoʻgʻan Turkiya bosh vaziri boʻlgan 2005-yilda oʻtkazilgan).
Film Erdoʻgʻanning bolaligi, maktab va universitet yillari haqida hikoya qiladi. Turkiya rahbari siyosat bilan 17 yoshidan shugʻullana boshlaganini, yoshlar, viloyat tashkilotlari, partiya organlarida ishlagani, keyinchalik Istanbul hokimi boʻlganini taʼkidladi. Erdoʻgʻanning fikricha, hokimiyat mashaqqatli mehnat va katta masʼuliyat talab qiladi, siyosat esa tavakkal demakdir. Filmda rahbarning shaxsiy hayoti haqida ham soʻz boradi: uning boʻlajak rafiqasi bilan uchrashish tarixi, dinga munosabati, futbolga boʻlgan muhabbati.
Gusman, Erdoʻgʻanning hokimiyat tepasiga olib borgan yoʻli oson boʻlmaganini, lekin u mamlakatni boshqargan yillar davomida Turkiyani yanada kuchliroq qilishga muvaffaq boʻlganini va buning natijasida dunyoda uning fikri hisobga olinayotganini taʼkidladi.