Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to’g’risida” gi 860-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlarga yetkazish yuzasidan seminar o’tkazildi.

Seminarni Viloyat Adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i A.Azimov hamda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi SH.Maksumovlar olib bordi.

O’tkazilgan seminarda kadastr xodimlari mavzuga doir anonim so’rovnomada ishtirok etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan