Qirgʻiziston oʻz tarixida birinchi marta milliy pasportlarini chop eta boshladi. Shu maqsadda “Uchqun” davlat bosmaxonasiga zamonaviy uskunalar oʻrnatildi. Bu haqda 5-sentyabr kuni mamlakat prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultonboyev maʼlum qildi.
Unga koʻra, avvalroq Qirgʻiziston pasporti xorijda chop etilgan.
“Bu qandaydir vijdonsiz amaldorlarni va hatto jinoiy dunyo yetakchilarini boyishning bir usuli edi. Baʼzida chet elda Qirgʻizistonning qalbaki pasportlari paydo boʻlgan va ularning ishlab chiqarilgan joyini aniqlash har doim ham imkoni boʻlmagan”, – deydi Sultonboyev.
Uning taʼkidlashicha, “mamlakat rasmiylari pasport mafiyasi bilan bir yil ichida kurashishga muvaffaq boʻldi – bu unga qarshi kurashning boshida amaldagi prezident Sadir Japarov boʻlganligi tufayli amalga oshdi”.
Sultonboyevning aytishicha, Qirgʻiziston har yili oʻrtacha hisobda chet eldan bir yarim milliongacha ID-karta va fuqarolik pasportiga buyurtma bergan.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning fevral oyida maʼlum qilishicha, avvallari pasportlar, texnik pasportlar, haydovchilik guvohnomalarining blankalari xususiy kompaniyalar tomonidan berilgan va buning uchun davlat tomonidan 15 milliard soʻm (hozirgi kurs boʻyicha 170 million dollar) toʻlangan, buning uchun byudjet mablagʻlari toʻlangan. Endi gʻaznaga 3 milliard soʻm (34 million dollar)ga yaqin mablagʻ qaytariladi.