“1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan joriy yilning 29-sentyabr kuni 780/779-sonli “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha 1 ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi.
Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli “Toshkent – Qarshi” yoʻnalishi
Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21
779-sonli “Qarshi – Toshkent” yoʻnalishi
Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50
Shuningdek, 30-sentyabr kunidan va 1-2-oktyabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yoʻnalishida ham qoʻshimcha qatnov yoʻlga qoʻyildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand – Toshkent” yoʻnalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:18
768-sonli “Toshkent – Samarqand” yoʻnalishi
Toshkent 13:41 — Samarqand 15:48