Joriy yil iyul-sentyabr oylarida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 673 mlrd 87 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 17 mlrd 31 mln so‘m ortig‘i bilan bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,5 foiz o‘sishga erishildi.
? Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning 593,6 mlrd so‘mini yoki 88,2 foizini yuridik shaxslar, 79,5 milliard so‘mi yoki 11,8 foizi esa jismoniy shaxslar xissasiga to‘g‘ri keldi.
Soliq turlari va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tahlili:
➖ Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 9 mlrd 285 mln so‘m (507,5 foizga o‘sish);
➖ Yuridik shaxslarning foyda solig‘i – 7 mlrd 360,1 mln so‘m (152,8 foiz);
➖ Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – 10 mlrd 738 mln so‘m (150,5 foiz);
➖ Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i – 17 mlrd 842,1 mln so‘m (142,3 foiz);
➖ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i – 3 mlrd 647,6 mln so‘m (128,0 foiz);
➖ Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 28 mlrd 501,1 mln so‘m (113,0 foiz);
➖ Aksiz solig‘i 6 mlrd 318,2 mln so‘m (112,7 foiz)ga o‘sgan.