Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar Muzrabot, Sherobod va Boysun tuman soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, diniy-ekstremistik oqimlarning domiga tushmaslik, yot g‘oyalardan doimo ogoh bo‘lib yashash kerakligi tushuntirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan