Davlatimiz rahbarining sohaga oid qaror va topshiriqlariga asosan aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida dasturlarga asosan 47 km 0,4-10 kVli tarmoq qurilishi va 35 dona 10/0,4 kVli transformator punktlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Hozirga qadar tumanning 5 ta mahallasida 6 dona quvvati 250 kVA va 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punktlari va 260 dona yangi temir-beton ustunlari o‘rnatilib, 16 km yangi havo elektr tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, “Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturi doirasida tumandagi 19 ta mahalla hududida 13 dona 250 kVA, 5 dona 400 kVA, 2 dona 160 kVA quvvatdagi transformator punktlari va 128 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi. Hozirda 5,7 km havo elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injiniring” DUK buyurtmachiligida iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari hisobidan 99 dona yangi temir-beton ustunlar o‘rnatish va 6,4 km elektr havo tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan