Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi manbalarni keng joriy etish zamon talabiga aylangan. Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlach maqsadida Surxondaryo viloyatidagi 682 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariga quvvati 20,5 MVt, 1 405 ta tadbirkorlik subyektlariga 32,8 MVt va 3 791 ta aholi xonadonlariga quvvati 20,5 MVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.


Hozirgi kunga qadar 4 738 ta aholi xonadonlariga quvvati 13,9 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, 10 700,3 kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida xonadonlariga 50, 100 kVt quvvatli panellar o‘rnatilib, ishlab chiqarilgan elektr tokini tarmoqqa sotish hisobiga oylik yaxchigina daromad topayotgan tadbirkorlar soni ham ortmoqda.
Bundan tashqari davlat-xususiy sherikchilik asosida ko‘p qavatli turar joylarda ham turli hajmdagi quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Natijada aholiga doimiy elektr energiyasi yetkazib berish bilan birga tarmoqqa ortiqcha tokni oshirilgan narxlarda sotish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu borada davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar tadbirkorlarni rag‘batlantirmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana 1 700 ta aholi xonadonlariga quvvati 8,5 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 2023-2024 yillar davomida davlat sherikchiligi asosida BAA ning “MASDAR” kompaniyasi tomonidan Sherabod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi belgilangan bo‘lib, shundan joriy yil yakuniga qadar 100 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.


Bundan tashqari, Muzrabot, Sherabod va Jarqo‘rg‘on tumanlarida quvvati 55 MVt bo‘lgan kichik foto elektr stansiyalarini qurish va ko‘p qavatli uy-joylarga o‘rnatiladigan qurilmalar hisobiga 0,8 mVt, jami 55,8 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi. Tijorat banklarida kredit resurslari ochilib, aholi xonadonlariga kuniga o‘rtacha 70-100 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
Shu bilan birga Termiz Davlat Unversiteti tomonidan o‘z ehtiyojidan tashqari Termiz shahrining “Tinchlik” mahallasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish ishlari ham olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan