Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda hududlardagi inspektorlar tomonidan sentabr oyi yakuniga ko’ra 1 415 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yuqoridagi holatlar O’zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bo’yicha tavsiflanganda:
265 ta holatda (Yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish) 60-modda 2-qismi bilan;
196 ta holatda (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish)60-modda 3-qismi bilan;
17 ta holatda (Sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish) 60¹-moddasi bilan;
145 ta holatda (Yer tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chiqish) 68-moddasi 1-qismi bilan;
771 ta holatda (Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun o’z vaqtida murojaat etmaslik) 68¹-moddasi bilan qo’llanilgan.
21 ta holatda (Chegara belgilarini, geodezik nuqtalarni va cheklov belgilarini yo’q qilish yoki shikastlantirish) 69-moddasi bilan qo’llanilgan.