Angorda elektr energiyadan mavjud qarzdorlik undirildi
Angor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani sababli ushbu masala Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali foydasiga 73 million 365 ming so‘m qarz majburiy tartibda undirish belgilandi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Angor tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor jamiyatning barcha hisob raqamlariga band solindi. Belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, 3 million 668 ming so‘m ijro yig‘imi qo‘llanildi hamda qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni ko‘zdan kechirish va xatlovga olish ishlariga kirishildi. Shundan so‘ng, mas’uliyatni his qilgan qarzdor jamiyat rahbari tomonidan qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.
Elektr energiyasi uchun undirilgan qarzdorlik to‘liq ta’minotchi korxona foydasiga o‘tkazib berildi hamda ijro hujjati ish yurituvdan tamomlanib, qarzdor jamiyatga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Sodiq Allanazarov,
Byuroning Angor tuman bo‘limi davlat ijrochisi.