Sho‘rchida fermer xo‘jaligi foydasiga 780 million so‘mga yaqin zarar undirib berildi

Sho‘rchi tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Buyuk Sherxon dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari boshqa bir tadbirkor bilan o‘zaro kelishib, fermer xo‘jaligi hududidan foydalanishiga ruxsat beradi. Biroq, qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkor tomonidan  fermer xo‘jaligi hududidan foydalanib, tosh va qum mahsulotlarini qayta ishlab daromad topib kelgan bo‘lsa-da ko‘rilgan foydadan ulush berishni unutgan edi.
Fermer xo‘jaligining davo arizasi Denov tumanlararo Iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, “Buyuk Sherxon dalasi” fermer xo‘jaligi foydasiga jami 778 mln. 750 ming so‘m zarar undirilishi belgilandi.
Mazkur sudning ijro hujjati Byuroning Sho‘rchi tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan “Lada Vesta” rusumli avtomashina, “LW500FN” rusumli maxsus yuklagich hamda ekskovator texnikalari xatlovga olinib, auksion savdolariga chiqarildi. Natijada, avtomashina hamda maxsus yuklagich texnika jami 302 million so‘mga sotildi. Shuningdek, qarzdor jamiyat tomonidan ekskovator sotilishidan avval qolgan qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.
Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlari tugatilib, qarzdor jamiyatga qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Odil Xo‘jayev,
Byuroning Sho‘rchi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan