Amerikalik parhezshunos Stefani Makkercherning fikricha, karamni isteʼmol qilish ovqat hazm qilish tizimi uchun nihoyatda foydali. Bundan tashqari, ushbu sabzavot yurak mushaklarining toʻgʻri ishlashi uchun masʼul boʻlgan kaliyga ham boy.
Sogʻlom ovqatlanish boʻyicha mutaxassisga koʻra, karam tarkibida koʻp miqdorda biriktiruvchi toʻqimalar bor va u ichak mikrobiomasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Shu bilan birga, karam S vitaminiga ham boy: u organizmda kalsiyning oʻzlashtirilishi va temirning soʻrilishinini yaxshilaydi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Bundan tashqari, karam kaliy va A vitaminiga boy ekanligi taʼkidlangan. Kaliy yurak mushaklarining qisqarishida ishtirok etib, qon bosimi barqarorligini taʼminlaydi. A vitamini esa immunitet, koʻz va teri salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan