“Real” darvozaboni Kepa Arrisabalaga Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi “Braga”ga qarshi oʻyin (3:0) oldidan jarohat olgandi.
Oʻyin oldi mashgʻulotlarda jarohat olgan ispaniyalik golkiper tibbiy tekshiruvdan oʻtgach, uning son mushaklari shikastlangani maʼlum boʻldi. Shu tariqa, Arrisabalaga kamida 2-3 haftaga safdan chiqqani maʼlum qilingan.
U “Real”ning “Valensiya”ga qarshi oʻyini va Ispaniya milliy jamoasining noyabr oyidagi yigʻinini oʻtkazib yuborishi kutilmoqda.