Trannsport vazirligi ATTO tizimidan pul mablagʻlari yechib olinayotganligi haqidagi postlarga izoh berdi.

Izohga koʻra, joriy yilning oktyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ATTO tizimidagi baʼzi validator uskunalaridagi tranzaksiyalar kechikib kelayotganligi sababli yoʻlovchilarning ATTO transport va bank kartalari hisoblaridan avvalgi (Beruniy hamda Buyuk ipak yoʻli metro bekatlarida) amalga oshirilgan sayohatlar uchun pul mablagʻlari yoʻlovchilarning hisoblaridan yechib olinmoqda.

ATTO mobil ilovasidagi “Toʻlovlar Tarixi” sahifasida yechilgan mablagʻlarni tekshirish imkoniyati mavjud, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan