O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 19 taga kengaytirildi.

Endilikda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar Soliq mobil ilovasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin:

? qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
? uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
? atlas va adras to‘qish;
? mayda munchoq (biser) tikish;
? do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
? temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
? asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
? quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
? qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
? pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
? qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
? uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
? tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
? uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
? uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
? yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
? milliy taqinchoqlar yasash;
? kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
? dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan