Xalqaro olimlar guruhi kun davomidagi harakat yurak sogʻligʻiga qanday taʼsir qilishini baholashdi. Ular oltita alohida tadqiqot maʼlumotlarini tahlil qilishdi.
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyo boʻyicha oʻlimning asosiy sababidir. 2021-yilda har uchinchi oʻlim (20,5 million) shu bilan bogʻliq. 1997-yildan buyon dunyo boʻylab yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qoʻyilgan odamlar soni ikki baravar koʻpaydi. Kelajakda bu koʻrsatkich oʻsishda davom etishi taxmin qilinmoqda.
Yangi tadqiqot mualliflari beshta davlatdan 15246 kishining maʼlumotlarini oʻrgandi. Har bir ishtirokchi 24 soat davomida ularning faollik darajasini va yurak holatini kuzatuvchi sensor taqqan.
Natijalar oʻrtacha va kuchli faollik foydali ekanini koʻrsatdi. Kamharakat turmush tarzi salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Harakatsiz turmush tarzini atigi besh daqiqalik oʻrtacha harakat tarzi bilan almashtirish yurak sogʻligʻini sezilarli darajada yaxshilaydi. Misol uchun, tana massasi indeksi 26,5 boʻlgan 54 yoshli ayolning yarim soatlik faolligi uning sogʻligʻiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Uning tana massasi indeksini 2,4 foizga kamaytirishga yordam berdi, deb xabar beradi mir24.tv.