Ijtimoiy tarmoqda yoʻlovchi avtobus va Spark toʻqnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-noyabr kuni soat 14:30 larda “18-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi avtobusning 31 yoshli haydovchisi Olmazor tumani KHAY va Batumskiy koʻchalari kesishmasida oʻz yoʻnalishi harakatlanib borayotgan boʻlgan. Shu payt chorrahadan 2.4 yoʻl belgisiga amal qilmay harakatlanib kelgan Spark haydovchi G.N. avtobus bilan yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH natijasida, avtobus va yengil avtotransport vositasi texnik shikastlangan.
“Ushbu yoʻl-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan”, deyiladi xabarda.