Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Xayrulla Joʻrayev 78 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Xayrulla Joʻrayev 19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinorejissyor va muharrir Xayrulla Joʻrayev 1945-yilda Jizzaxda tugʻilgan. 1970-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan.

Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor, muharrir, bosh muharrir (1976—87). “Videofilm” markazi direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasi raisi (1992—93), Oʻzbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yilda Madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida ishlagan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan