Yigʻilishda kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish muhim vazifalardan biri boʻlib qolayotgani taʼkidlandi.

Kadastr sohasida 9 mingdan ortiq mutaxassis ishlaydi. Lekin bugungi kunda sohaga kadr tayyorlayotgan 10 ta oliygohdagi oʻqitish sifati zamondan orqada qolgani qayd etildi.

Ularda fakultet va kafedralar tushunib-tushunmasdan ochilgani, oʻquv dasturlari va taʼlim metodikalari eskirgani aytildi.

Shu bois, 10 ta oliygoh rektorlariga Kadastr agentligi bilan birgalikda kelgusi yilda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish, yangi oʻquv adabiyotlari va xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelishga koʻrsatma berildi.
Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari Prezident vazirlik, hokimlik va idoralardagi ijro intizomi holatiga toʻxtalib oʻtdi.
“Koʻrib turibsizlar, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida juda katta islohotlarni amalga oshirayapmiz. Hech bir soha eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq.
Lekin, islohotlar ”qogʻozda“ qolib ketmasligi kerak. Vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar joylarda ularning ijrosini soʻzsiz taʼminlashi shart”, – dedi davlatimiz rahbari.
Muhim topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, baʼzi rahbarlar raqam ortidan quvib, sifat, samaradorlik va talabchanlikni unutib qoʻyayotgani qayd etildi.
Ayrim vazirlar va hokimlarga ularning tizimi va hududlarida ijro holati qoniqarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Ijro intizomini qattiq nazorat qilish, xorijiy davlatlar bilan koʻp qirrali hamkorlik boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning birorta bandi ijrosini kechiktirmasdan taʼminlash shartligi haqida ogohlantirildi.
Yigʻilish davomida mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan