Kecha, 23-noyabr kuni tunda Oʻzbekiston hududida kun hisobidan beshinchi zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi maʼlum qildi.
Unga koʻra, 23-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:38 da (Grinvich boʻyicha 17:38 da) Samarqand viloyati Narpay tumanida 2,9 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 39,93 gradus shimoliy kenglik; 65,92 gradus sharqiy uzunlikka toʻgʻri keladi.

Yer silkinishining chuqurligi 15 km, magnitudasi 2,9 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 315 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 23-noyabr kuni Oʻzbekiston hududida 4-marta yer silkinishi kuzatildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida soat 04:28 da 3,2 balli, 14:08 da 3,5 balli, 14:36 da esa 3,9 balli, 16:28 da 3,3 balli zilzila qayd etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan