Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 951,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu koʻrsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,4 % ga yoki 35 ming tonnaga koʻpaygan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (39,9 %), Pokiston (16,3 %), Qozogʻiston (11,3 %) hamda Xitoy (9,7 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Share article
The post has been shared by 0
people.