Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslarga reyting darajasidan kelib chiqib beriladi
“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq yuridik shaxslarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar) barqarorlik reytingidagi darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Bunda:
Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
yuqori toifaga – 80-100 %
“AAA” – 100 %
“AA” – 90 %
“A” – 80 %
o‘rta toifaga – 50-70 %
“BBB” – 70 %
“BB” – 60 %
“B” – 50 %
Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.
Tadbirkorlarning reyting darajasi: pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq belgilangan miqdorlarda taqdim etiladi.