“Garri Potter” birinchi kitobi muqovasi uchun chizilgan rasm salkam 2 mln dollarga sotildi
“Garri Potter va hikmatlar toshi” kitobining debyut nashri uchun chizilgan akvarel surat Qo‘shma Shtatlardagi Sotheby’s kimoshdi savdosi uyida 1,9 million dollarga sotildi. Bu haqda Europa Plus nashri xabar berdi. Ushbu lot franshiza bilan bog‘liq eng qimmat buyumga aylandi.
Foto: Wallhere
Tasvir uchun kimoshdi savdosi jangi taxminan o‘n daqiqa davom etdi va yakuniy narx kutilganidan uch baravar yuqori bo‘ldi. Surat baxtli egasining ism-sharifi hozircha sir saqlanmoqda.
Surat muallifi britaniyalik rassom Tomas Teylor bo‘lib, u Garri Potter haqidagi birinchi kitob muqovasini 1997-yilda 23 yoshida yaratgan. Rasm oddiy qora qalam va akvarel bo‘yoq bilan 2 kun ichida chizilgan.
Foto: Sotheby’s
Shuningdek, Teylor birinchilardan bo‘lib Garri Potter kitobining qo‘lyozmasini o‘qib chiqqan va asosiy qahramonni dunyo qanday tarzda ko‘rishini belgilab bergan: qora sochli, dumaloq ko‘zoynakli va peshonasida chaqmoq shaklidagi chandig‘i bor bola obrazi muallifi ham Tomas Reylordir.
Foto: Getty Images
Muqova ilk marta 2001-yilda kimoshdi savdosida sotilgan, u vaqtda suratning narxi 85,7 ming funt sterling (taxminan 108 ming dollar) ni tashkil etgan.
Auksionga qo‘yilgan Garri Potterga oid predmetlarning bari Jouan Rouling ijodi yillar davomida yanada mashhur bo‘lganini aks ettiradi.