Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining xabar berishicha, 2026 yil 25–26 mart kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Water Week 2026” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Forumning asosiy mavzusi “Suv resurslarini boshqarishda texnologiyalar va innovatsiyalar. Markaziy Osiyo va global suv sikli” etib belgilangan. Unda suv resurslarini samarali boshqarish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta’minoti, raqamli va innovatsion yechimlarni joriy etish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda 19 ta davlatdan 80 dan ortiq spiker va 1200 dan ziyod delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Forum suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish hamda ichimlik suvi ta’minoti kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish va qo‘shma yechimlar ishlab chiqish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.