11 nafar nazorat ostidagi shaxslar muddatidan ilgari ozod qilindi
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Shoʻrchi tuman Ichki ishlar boʻlimida sayyor sud oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sayyor sudda Shoʻrchi tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini oʻtayotgan 11 nafar nazorat ostidagi…
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Shoʻrchi tuman Ichki ishlar boʻlimida sayyor sud oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan sayyor sudda Shoʻrchi tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini oʻtayotgan 11 nafar nazorat ostidagi shaxslar Navroʻz bayrami arafasida insonparvarlik tamoyillari asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.Qodirov