2022-yil Surxondaryo viloyatida yer va kadastr sohasiga oid 1,7 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi
2022-yil Surxondaryo viloyatida yer va kadastr sohasiga oid 1,7 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi. Yil yakuni kelib qilingan ishlar sarhisob qilinib, raqamlar solishtirila boshlaydi. Koʻpchilikka malum Kadastr…
2022-yil Surxondaryo viloyatida yer va kadastr sohasiga oid
1,7 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi.
Yil yakuni kelib qilingan ishlar sarhisob qilinib, raqamlar solishtirila boshlaydi. Koʻpchilikka malum Kadastr agentligining asosiy vazifalaridan biri bu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirishdir.
Shunday ekan joylarda nazorat tadbirlarini olib borish, yerlarni talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni oldini oldini olish yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda. Qilingan ishlar sarhisobi boʻyicha natijalar koʻngilni xira qilishi tabiiy hol, deya xabar bermoqda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Shohruh Jumayev.
Yerlarni oʻzboshimcha egallamaslik, ulardan maqsadsiz foydalanmaslik, tegishli hujjatlarsiz qurilishlar qilmaslik boʻyicha har qancha gapirmaylik, joylarda har qancha targʻibot tadbirlari olib bormaylik fuqarolar tomonidan qonun talablarini chetlab oʻtish holatlari kuzatilishida davom etmoqda.
Xususan, joriy yil boshidan yer va kadastr sohasiga oid jami 1,758 ta holatda mamuriy huquqbuzarliklar aniqlangan. Shundan:
- 302 ta holat – Mjtk ning 60-moddasi 2-qismi bilan (erlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish);
- 79 ta holat – Mjtk ning 60-moddasi 3-qismi bilan (oʻzboshimcha egallagan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);
- 15 ta holat – Mjtk ning 601-moddasi bilan (sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish);
- 205 ta holat – Mjtk ning 68-moddasi 2-qismi bilan (er tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish);
- 1 067 ta holat – Mjtk ning 681-moddasi bilan (koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻztkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik );
- 90 ta holat – Mjtk ning 69-moddasi (chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish);
Mamuriy javobgarlikka tortilganlarning 145 tasi mansabdor, 1613 nafarini jismoniy shaxslar tashkil etmoqda.
Yuqoridagi raqamlarga nazar solsak, eng koʻp holat (1 067 ta) bu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik natijasida kelib chiqqan huquqbuzarliklardir. Bu esa oʻz navbatida fuqarolarning eʼtiborsizliklari oqibatida yuzaga kelib chiqayotgan muammo hisoblanadi.
Shu oʻrinda, qonunchilikka muvofiq, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmasligi, jismoniy hamda yuridik shaxslar tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligini eslatib oʻtiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki koʻchmas mulk obektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik - fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm),
- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
“Biz jarimalar qoʻllashdan yiroqmiz, ammo fuqarolarimiz burch va majburiyatlariga beyeʼtibor boʻlishlari, qoʻllanilayotgan jarimalar koʻrsatkichlarini ortishiga sabab boʻlmoqda”, – deya qoʻshimcha qilinadi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati xabarida.