Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

2022 yilda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi yer va kadastr nazorati yoʻnalishida qilingan ishlar

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi yer va kadastr nazorati yoʻnalishi boʻyicha 2022 yilda Yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlar davomida jami 938 ta holatda 318,3 gektar yer…

2022 yilda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi yer va kadastr nazorati yoʻnalishida qilingan ishlar

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi yer va kadastr nazorati yoʻnalishi boʻyicha 2022 yilda Yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlar davomida jami 938 ta holatda 318,3 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallanganligi holati aniqlandi. Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari yer turlari boʻyicha tahlil etilganda.

1.Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda – 705 ta holatda (273 ga)

2. Aholi punktlari yerlarida – 49 ta holatda (2,40 ga)  

3. Sanoat, transport, aloqa, mudofa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarda – 41 ta holatda (3,63 ga),

4. Tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda – 3 ta (0,1 ga),

5. Oʻrmon fondi yerlarida – 13 ta holatda (1,6 ga)

6. Suv fondi yerlarida -17 ta holatda (1,7 ga)

7.Zaxira yerlarda – 110 ta holatda (36,1 ga)ni tashkil etadi.

Yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga choralar koʻrish maqsadida aniqlangan 938 ta yer qonunbuzilish holatlarni sodir etgan shaxslarga qonunbuzilish holatlarni ixtiyoriy bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar yuborildi. Natijada 509 ta holatda 223,4 gektar yoki 54 % i noqonuniy qurilgan imoratlar ixtiyoriy bartaraf etilishi taminlandi. Shuningdek, 411 ta holatda noqonuniy tarzda qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Bundan tashqari 89 ta holatda aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʻlganligi sababli, huquqiy baho berish uchun qoʻshma tartib asosida prokuratura organlariga taqdim etildi. Natijada hisobot kuniga qadar 55 ta holatda jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi. Davlat yer kadastri geodeziya nazorati sohasida qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun 2022 yil boʻyicha 2 480 ta jismoniy va yuridik shaxslarga mamuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Hamda aniqlangan yuqoridagi qonunbuzilishlar bilan 1 869 nafariga 7 mlrd 848 mln 520 ming soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanildi.Hisobot kuniga qadar qoʻllinilgan jarimalarning 2 mlrd  337 mln
800
ming soʻm yoki 30 % i undirilishi taminlandi. 433 nafar huquqbuzarlarga qoʻllanilgan 2 mlrd 289 mln soʻm miqdoridagi muddati oʻtgan jarimalar majburiy tartibda undirish boʻyicha hududiy majburiy ijro boʻlimlariga yuborildi. Natijada 165 ta holatda 505 mln 600 ming soʻm jarimalar majburiy ijro boʻlimlari tomonidan undirilishi taminlandi.

Kadastr agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Menglimamat Abdishukurovich Abdiraxmanov

Mavzuga oid