2022-yilda Surxondaryoda yer uchastkasini o’zboshimchalik bilan egallash bilan bog’liq 938 ta holat aniqlandi
Bu haqda Surxondaryo viloyat matbuot uyida o`tkazilgan brifingda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati bo`yicha bosh mutaxassis Shohruh Jumayev ma`lum qildi. 2022-yil davomida amalga…
Bu haqda Surxondaryo viloyat matbuot uyida o`tkazilgan brifingda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati bo`yicha bosh mutaxassis Shohruh Jumayev ma`lum qildi.
2022-yil davomida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari to’g’risida ma’lumot:
I. Yer nazorati yo’nalishida 2022-yil davrida Surxondaryo viloyatida yer uchastkasini o’zboshimchalik bilan egallash bilan bog’liq 938 ta yoki 318,3 gektar holat aniqlandi.
Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko’rish maqsadida:
— Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan 938 ta (318,3 ga) yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 509 tasi (223,4 ga) fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi;
— yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 411 ta (92,3 ga) holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 87 ta (20,7 ga) holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilindi, boshqa holatlar bo’yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Shuningdek, rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli choralar ko’rish uchun 89 ta (16 ga) holatda prokuratura organlariga hamda 6 ta (0,5 ga) holatda majburiy ijro byurosiga yuborildi.
2. Yerlardan maqsadsiz foydalanish holatlarini o’z vaqtida aniqlash va chora ko’rilishini ta’minlash bo’yicha:
— 158 ta (1156,52 ga) holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib,
142 ta (758,89 ga) holatda hokimliklarga taqdimnomalar kiritilib, shundan 31 ta holatda (269,20 ga) yer maydonlarining tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi, shuningdek 16 ta holatda (397,63ga) sudlarga to’g’ridan to’g’ri da’vo kiritildi.
3. Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy etilib, hisobot davrida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
4. 2022-yil davomida mulkka bo’lgan huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun o’z vaqtida vakolatga organga murojaat etmaslik holati bo’yicha jami 1144 ta holat aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko’rildi.