Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

2023 yilda Surxondaryoda qariyb 31 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega boʻldi.

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir…

2023 yilda Surxondaryoda qariyb 31 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega boʻldi.

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron koʻrinishda qabul qilinib ijrosi taʼminlanadi.

Surxondaryoda oʻtgan 2023-yilda fuqaro va tadbirkorlardan jami 45 495 ta kadastr pasporti shakllantirish yuzasidan arizalar kelib tushgan. Ushbu 45 495 ta kelib tushgan murojaatlardan 1 942 tasi huquqiy xujjatlarini asli tapqdim etilmaganligi, sababli DXM tomonidan bekor qilindi, 12 402 tasi nizoli xolatlar borligi, kursatilgan yer maydoni kishlok xujaligi suvli yer maydonida turganligi, Oldi sotdi shartnomada manzil notugri kursatilganligi, sababli rad etildi, 291 tasi toʻlovi kutilmoqda, 30 654 tasi yakunlangan hamda 206 tasi muddati oʻtgan hisoblanadi. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng koʻp murojaat viloyatning Termiz shahri aholisidan kelib tushgan boʻlib, murojaatlar 8 103 tani tashkil qilgan.

Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda, Termiz shahrida 8 103 ta, Angor tumanida 2 549 ta, Bandixon tumanida 645 ta, Boysun tumanida 1 256 ta, Denov tumanida 5 705 ta, Jarqoʻrgʻon tumanida 2 828 ta, Muzrabot tumanida 1 831 ta, Oltinsoy tumanida 1 184 ta, Qiziriq tumanida 1 402 ta, Qumqoʻrgʻon tumani 3 085 ta, Sariosiyo tumanida 3 815 ta, Sherobod tumanida 2 425 ta, Shoʻrchi tumani 3 921 ta, Termiz tumani 4 425 ta va Uzun tumanida 2 321 ta yer uchastkalari hamda koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan», – deydi Boshqarma matbuot xizmati rahbari B.Safarov

Mavzuga oid