4-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Oʻtgan 2019 yilning 27 dekabr sanasida Davlatimiz rahbari mamlakatimizning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichda davom ettirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab…
Oʻtgan 2019 yilning 27 dekabr sanasida Davlatimiz rahbari mamlakatimizning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichda davom ettirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Shundan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Sirojiddin Eshmatov joylarda yoshlar bilan uchrashmoqda.
Navbatdagi uchrashuv bugun viloyatning olis togʻli hududida joylashgan Oltinsoy tumanida boʻlib oʻtdi.
Oʻzaro muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda soʻz olgan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Sirojiddin Eshmatov Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun–mohiyati, ahamiyati xususida, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi va oʻzaro fikr almashildi.
Mazkur tadbirda bandlikni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, maktabda sport zali, kompyuter texnikasi hamda musiqa asboblari bilan taʼminlash va boshqa bir qator masalalar yuzasidan yoshlar murojaatlari tinglandi. Kelib tushgan murojaatlarning ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
–Bugun tumanimizda boʻlib oʻtgan yoshlar bilan uchrashuvda qatnashdim. — deydi yosh tadbirkor Kamoliddin Toʻrayev. – Kredit olishim uchun garov taʼminotim boʻlsada oʻtgan 2019 yilning sentyabr oyidan buyon tuman tijorat bankidan kredit ololmay kelayotgan edim. Uchrashuvda kredit olishga amaliy yordam berishlarini soʻrab murojaat etdim. Ushbu murojaatimni tinglab viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi 4-sektor rahbari bu masalani shaxsan oʻzi nazoratga olishini va tez kunda kredit olib berishini bildirdi. Buning uchun eng avvalo Prezidentimizdan minnatdorman.
Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yoshlar tomonidan koʻplab takliflar bildirildi va yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Shuningdek, tadbir davomida uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportning shaxmat, voleybol va futbol turlari boʻyicha musobaqalar hamda tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarida tanlovlar tashkil etildi.
Yakunida iqtidorli yoshlarga oʻzbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat badiiy adabiyotlar topshirildi.
Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati