Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

7-sinf qizni turmushga berishayotgani haqidagi videoga rasmiy izoh berildi

Biroz avval, ijtimoiy tarmoqlarda 2009 yilda tugʻilgan, 7-sinf oʻquvchisi boʻlgan qiz unashtirilayotgani haqida videoxabar tarqalgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi. Qayd etilishicha,…

7-sinf qizni turmushga berishayotgani haqidagi videoga rasmiy izoh berildi

Biroz avval, ijtimoiy tarmoqlarda 2009 yilda tugʻilgan, 7-sinf oʻquvchisi boʻlgan qiz unashtirilayotgani haqida videoxabar tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida boʻlib, masʼullar tomonidan joyiga borib oʻrganish oʻtkazilgan. Aniqlanishicha, qizchaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tugʻilgan kuni munosabati bilan oʻtkazilgan marosim ekanligi toʻgʻrisida tushuntirish berishgan.
Masʼullar qizning ota-onasini majburlab turmushga berish uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirishgan. Shuningdek, qizning ota-onasi oʻz tushuntirishida videodagi holat toʻy yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yoʻqligi, unga taʼlim berish va shifokor boʻlib yetishishi niyatida ekanliklarini maʼlum qilishgan.

Shu bilan birga, respublikaning bu hududida qizlarni unashtiruv marosimini erta oʻtkazish urf-odatlari qisman boʻlsada,saqlanib kelayotganini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻz nazoratini davom ettiradi.
“Bolalar ombudsmani qizlarni erta turmushga berish holatlariga mutlaqo murosasiz boʻlib, shunday fikrda boʻlgan ota-onalarni nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun qonunan javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantiradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid