“AAA” toifadagi tadbirkorlarga QQS 1 kunda qaytarilmoqda
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 45 574 nafar tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 30 264 nafari yuridik shaxslar bo‘lib, qolgan 15 310 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir. Joriy yilning fevral…
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 45 574 nafar tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 30 264 nafari yuridik shaxslar bo‘lib, qolgan 15 310 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlardir.
Joriy yilning fevral oyidan tadbirkorlar faoliyati 23 ta mezon asosida baholanib, yuqori, o‘rta, qoniqarli, va quyi toifalarga ajratilmoqda. Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari tadbirkorlar bilan uchrashib, barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishish uchun qanday jihatlarga e’tibor qaratish va amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berishmoqda.
Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmonlar bilan bevosita muloqotlarda yuqori toifadagi tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari, jumladan “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQSdan hosil bo‘lgan salbiy farq summasi avtomatik ravishda 1 kun muddatda qaytarilayotganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlarga my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetlaridan qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumotlar olish mumnligi tushuntirib o‘tildi.