Agentlik va Misr Maʼmuriy nazorat idorasi o‘rtasida Memorandum imzolandi
Misr Arab Respublikasi Maʼmuriy nazorat idorasi taklifiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Misr Arab Respublikasiga tashrifi boshlandi.…
Misr Arab Respublikasi Maʼmuriy nazorat idorasi taklifiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Misr Arab Respublikasiga tashrifi boshlandi.
Tashrifning asosiy voqeasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Misr Maʼmuriy nazorat idorasi o‘rtasida idoralararo Memorandumning imzolangani bo‘ldi.
Mazkur memorandum:
✔️kasbiy malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
✔️tajriba almashish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
✔️aholini korrupsiyaga qarshi o‘qitish, ularning ommaviy axborot vositalari va halollikni targ‘ib qiluvchi kampaniyalar orqali xabardorligini oshirish kabi qator muhim maqsadlarni ko‘zda tutadi.